Yandex Go ilovasining taomlar bo«limida yangi xizmat paydo bo„ldi, bu esa foydalanuvchilarga o‚zlarining imkoniyatlariga qarab joylarni izlashni osonlashtiradi. Jamoa foydalanuvchilarga o‚zlarining joylar termasini yaratish, ular bilan bo‚lishish va boshqa foydalanuvchilarning termalarini saqlash imkoniyatini yaratishni rejalashtirmoqda.
Yangi eksperimental xizmat alohida bo‚limda mavjud — undan foydalanish uchun Yandex Goilovasiga kirib, Taomlar xizmatini tanlab, ‚Qayerga borish kerak? ‘ tugmasi orqali izlashni amalga oshirishingiz mumkin.
‚Qayerga borish kerak? ‘ qo‚llanmasi orqali Yandex Go, faqat yetkazib berish orqali emas, balki oflayn shaklda ham yangi mijozlarni jalb qilish imkoniyatiga ega bo‚ladi.
Restoranlarni oshxona turi, maʼlum taomlar mavjudligi, muassasa formati yoki maxsus tadbirlar: biznes-lanch, romantik kechki ovqat va boshqalar bo‚yicha izlash imkoni bor.
Qo‚llanma orqali bir harakat bilan Yandex Xaritalarga o‚tib, joyga yo‚nalishni belgilash va unga har qanday transport vositasi yoki piyoda yetib borishingiz mumkin.
Hozirda qo‚llanmada minglab restoranlar va kafelar haqida maʼlumotlar mavjud. Mustaqil muharrirlar foydalanuvchilarning barcha savollariga oldindan javob berib, joylar haqidagi to‚liq maʼlumotni to‚plagan. Restoranlar xaritasidagi kontentda suratlar, joriy taomnoma va joyning to‚liq tavsifi keltirilgan.
Kontaktlar
"Yandex Uzbekistan" kompaniyasining matbuot xizmati
Elektron pochta: pr_uz@yandex-team.com