Yandex Go Navoiy shahrida ish boshladi

Yandex Go Navoiy shahrida ish boshladi

Bu O‘zbekistonda ushbu qulay xizmatdan foydalanish mumkin bo‘lgan 16-shahar hisoblanadi. Ilova orqali shahar aholisi va mehmonlari tez va osonravishda poyezdka buyurtma qilishlari mumkin, shuningdek, ularga mos tarifnitanlash imkoni mavjud.

Xizmatdan foydalanish uchun App Store yoki Google Play’dan Yandex Go mobil ilovasini bepul yuklab olib, akkauntni ro‘yxatdan o‘tkazish kifoya. Taksibuyurtma qilish uchun manzilni ko‘rsatish yoki xarita orqali kerakli nuqtanitanlash kerak. Ilova avtomobil qancha vaqtda yetib kelishini va uni qandaytopish mumkinligini ko‘rsatadi. Yo‘l haqini naqd pul yoki ilovaga ulangan kartaorqali to‘lash mumkin.

Safarlarning minimal narxi 4000 so‘mdan boshlanadi. Masalan, ‘‘Vosxod’’ bozoridan ‘‘Yangi Hayot’’ supermarketigacha bo‘lgan safar taxminan 4500 so‘mni tashkil etadi.

Yandex Go ilovasi Yandex texnologiyalari: xarita, navigatsiya va zakazlarnitaqsimlashning intellektual tizimi asosida ishlaydi.

Mazkur xizmat Navoiydan tashqari O‘zbekistonning yana 15 shahrida: Toshkent, Namangan, Andijon, Farg‘ona, Marg‘ilon, Qo‘qon, Samarqand, Buxoro, Termiz, Nukus, Qarshi, Urganch, Xiva, Guliston va Jizzaxda hamfaoliyat yuritmoqda.

Teglar

Kontaktlar

"Yandex Uzbekistan" kompaniyasining matbuot xizmati
Elektron pochta: pr_uz@yandex-team.com

Ulashish