Sug‘urta dasturi Eats, Lavka va Delivery xizmatlari bilan hamkorlik qiluvchi kuryerlargaqo‘llanadi hamda buyurtmalarni bajarish davomida yuzaga kelgan mehnatgaqobiliyatsizlikning ayrim holatlarini qoplab beradi.
Hozirgi paytda Yandex Go ilovasidagi Eats va Lavka xizmatlarida ushbu sug‘urta dasturiishlamoqda. Yaqin kunlarda unga Delivery xizmati ham qo‘shiladi. Sug‘urta piyodaharakatlanuvchi, avtomobillardan, velosipedlardan, samokatlardan, mopedlardan yoki boshqashaxsiy harakatlanish vositalaridan foydalanuvchi kuryerlarga tatbiq etiladi.
Barcha xizmatlar faoliyat yuritayotgan shaharlarda kuryerlar uchun sug‘urta bepul taqdimetiladi. U smena boshlangan vaqtdan boshlab amal qiladi va buyurtmani bajarish jarayonidasog‘liq bilan bog‘liq muammolar sabab mehnat qobiliyatini yo‘qotish holatlarini qoplaydi. Sug‘urta qoplamasi shartlariga qarab, turli istisnolar nazarda tutilgan, jumladan, zararqasddan, alkogol yoki narkotik moddalar ta’sirida yetkazilgan holatlarda amal qilmaydi.
Kompensatsiya olish uchun sug‘urta kompaniyasiga ma’lumotlarni taqdim etish talabqilinadi, shundan so‘ng barcha zarur jarayonlar o‘tkazilib, tovon puli to‘lanadi. Sug‘urtaqoplami miqdori, sug‘urta holati va shartlariga bog‘liq ravishda, 100 million so‘mgachabo‘lishi mumkin.
Teglar
Kontaktlar
"Yandex Uzbekistan" kompaniyasining matbuot xizmati
Elektron pochta: pr_uz@yandex-team.com