Yandex Go Jizzaxda ish boshladi. Shahar aholisi va mehmonlari ilovadan foydalangan holda qulay va tezda taksi buyurtma berishlari, yo‘lkira narxi va qulaylik darajasiga mos tarifni tanlashlari mumkin.
Xizmatdan foydalanish uchun, App Store yoki Google Play orqali Yandex Go‘ning bepul mobil ilovasini yuklab olish va u yerda akkaunt yaratish kerak. Taksiga buyurtma berish uchun manzilni kiritish yoki xaritada nuqtani belgilash kifoya qiladi, ilova mashina necha daqiqada yetib kelishini va uni qanday topish mumkinligini ko‘rsatib beradi. Yo‘l haqini naqd pul yoki ilovada biriktirilgan karta orqali to‘lash mumkin.
Yo’l haqi minimal narxi 2500 so’mdan boshlanadi. Masalan, Ko’k bozordan viloyat hokimiyatigacha bo’lgan yo’l 3000 so’m atrofida bo’ladi.
Yandex Go ilovasi xaritalar, navigatsiya va buyurtmalarni taqsimlashning aqlli tizimi kabi Yandex texnologiyalaridan foydalanadi.
Ushbu xizmat Jizzaxdan tashqari O‘zbekistonning Toshkent, Namangan, Andijon, Farg‘ona, Marg‘ilon, Qo‘qon, Samarqand, Buxoro, Termiz, Nukus, Qarshi, Urganch, Xiva va Guliston kabi 14 shahrida ham mavjud.
Teglar
Kontaktlar
"Yandex Uzbekistan" kompaniyasining matbuot xizmati
Elektron pochta: pr_uz@yandex-team.com