Yandex O‘zbekiston butun mamlakat bo‘ylab shahar servislarini rivojlantirishga 33 million dollardan ortiq investitsiya kiritadi

Yandex O‘zbekiston butun mamlakat bo‘ylab shahar servislarini rivojlantirishga 33 million dollardan ortiq investitsiya kiritadi

Yil oxiriga qadar kompaniya Yandex Go ilovasining faoliyat hududini kengaytirish va mamlakatda yangi servislarni ishga tushirish uchun 33 million dollardan ortiq investitsiya kiritadi. Kompaniyaning rejalariga ko‘ra, sayohatlar, restoranlardan ovqatlar va shahar bo‘ylab buyumlar hamda tovarlarni yetkazib berish xizmatlarini 16 ta shahargacha kengaytirish maqsad qilingan. Yangi shaharlarda faoliyatni boshlash, servislar hamkorlariga — kichik va o‘rtabiznesga o‘z auditoriyasini kengaytirish, ko‘proq buyurtmalar qabul qilish vayangi ish o‘rinlari yaratish imkoniyatini taqdim etadi. Bu haqida  ‘‘Yandex O‘zbekiston’’ rahbari Izzat Shukurov  ‘‘Gazeta.uz’’ga ma’lum qildi.

Yandex Go ilovasi orqali sayohatlarni buyurtma qilish xizmati joriy yilda Termiz, Urganch, Xiva va Gulistonda ishga tushirildi, bu esa kompaniya faoliyatini amalga oshirilayotgan shaharlar sonini 14 taga yetkazdi. Yil oxirigacha kompaniya yana bir necha shaharlarda faoliyatni yo‘lga qo‘yishni hamda mavjud shaharlarda tariflar turlarini kengaytirishni rejalashtirmoqda, bu esailova foydalanuvchilariga turli narx va qulaylik darajasidagi variantlarni tanlashimkoniyatini beradi. Sayohatlarni onlayn buyurtma qilish servislari shaharlarda transport imkoniyatlarini yaxshilashga va taksi bozorida mijozlarga xizmat ko’rsatish darajasini oshirishga yordam beradi.

Elektron tijorat sohasida Yandex kichik va o‘rta biznes korxonalari uchun o‘zyetkazib berish xizmatlarini rivojlantirmoqda. Yandex Go ichida tadbirkor Taomlar xizmati bilan hamkorlikda  ‘‘Do‘konlar’’ yoki  ‘‘Restoranlar’’ kategoriyalarida taomlar, mahsulotlar va boshqa tovarlarni sotishni tashkilqilishlari yoki o‘z tovarlarini marketpleysdan tashqarida, yetkazib berish xizmati orqali jo‘natishlari mumkin.

Har ikki xizmat ham o‘z hududini kengaytirishda davom etmoqda. Yandex Go taksi xizmati Termiz, Urganch, Xiva va Gulistonda ish boshlagandan so‘ng, o‘sha yerda yetkazib berish xizmati ham faoliyat ko‘rsata boshladi. Yaqin oylarichida Samarqand va Andijonda ham tadbirkorlar uchun yechimlar taqdim etiladi. Shuningdek, hududni kengaytirish bilan birga yetkazib berish bozordailk bor mopedlarda buyurtmalarni yetkazib berishni qo‘llab-quvvatlay boshladi. Bu transport vositasi shahar yo‘llarida yuklamasi yengil bo‘lgan jo’natmalari uchun qulaydir.

Shu tariqa, Yandex Go ilovasi turli xizmatlar bilan faoliyatini yil oxiriga qadar O’zbekistonning 16 ta shahrida kengaytiradi. Yandex O‘zbekiston bir nechayangi servislarni ishga tushirishni rejalashtirmoqda va ular uchun zarurinfratuzilmaga hozirdanoq sarmoya kiritmoqda.

Raqamli servislarning kengayishi shaharlarning infratuzilmasi, jamoatovqatlanishi va savdo sohasidagi kichik biznes, logistika hamda mijozlarga xizmat ko‘rsatish tizimlarining rivojlanishiga hissa qo‘shmoqda. Buning natijasida yangi ish o‘rinlari yaratilib, raqobatni oshirish, iqtisodiy o‘sishgayordam berish va aholi turmush darajasini yaxshilashga hissa qo‘shmoqda.

Teglar

Kontaktlar

"Yandex Uzbekistan" kompaniyasining matbuot xizmati
Elektron pochta: pr_uz@yandex-team.com

Ulashish