Yandex Go ilovasidagi Joylar xizmati endi dastur ishlayotgan barcha shaharlarda mavjud. Ushbu xizmat orqali muvofiq joyni tanlash, administrator orqali ro«yxatdan o„tish, manzilga qulay yo‚lni rejalashtirish va safar uchun mashina buyurtma qilish mumkin.
Ilgari ushbu xizmat Toshkentda ishga tushirilgan edi, endilikda u Yandex Go ishlayotgan barcha shaharlarda, masalan, Samarqand, Buxoro, Nukus, Farg‚ona, Andijon, Namangan va Xivada ham mavjud.
O‚rnatilgan shahar xaritasi va moslashuvchan filtrlar tashkilotlarni reyting, masofa, ish vaqti, Wi-Fi mavjudligi va boshqa parametrlar bo‚yicha saralash imkonini beradi. Tematik tanlovlar esa turli toifalardagi joylarni topishga yordam beradi va yangi joylar bilan tanishish imkonini yaratadi — mashhur restoranlar va qahvaxonalardan tortib, go‚zallik salonlarigacha.
Joylar profillarida tashkilot haqida batafsil maʼlumot olish mumkin: fotosuratlar, ish vaqti, joygacha bo‚lgan masofa va oldingi kelgan mijozlarning fikrlarini o‚qish imkoni bor.
Shuningdek, profillarda muassasa bilan o‚zaro aloqa qilish uchun mavjud variantlarning ochiladigan ro‚yxati qo‚shilgan tugma paydo bo‚ldi. Masalan, tashkilotga qo‚ng‚iroq qilish, administrator bilan chat orqali xizmatlarga yozish, safar uchun mashina buyurtma qilish yoki manzilga yetib borish uchun yo‚nalishni rejalashtirish mumkin.
Joylar xizmatidan foydalanishni boshlash uchun Yandex Go dasturini Google Play yoki App Storeʼda yangilash kerak.
Teglar
Kontaktlar
"Yandex Uzbekistan" kompaniyasining matbuot xizmati
Elektron pochta: pr_uz@yandex-team.com